Qoshlarni o‘stirmoqchimisiz?
Ilgari qoshlarni juda nozik, ipsimon shaklda terish urf bo‘lgan, ammo endilikda qalin qoshlarni ko‘proq ko‘rmoqdamiz. Hatto Yevropa moda ko‘rgazmalarida, jurnallarda va qizlarning bloglarida hozir qalin qoshlar urf bo‘lmoqda.
Qanday qilib ko‘p yillik «ortiqcha» qosh sochlarini terishdan so‘ng, ingichka qoshlarni tabiiy zichligini qaytarish va zamonaviy qalin qoshlarni qayta o‘stirish mumkin?
Qoshlaringizni o‘stirishga yordam beradigan quyidagi uchta asosiy usul mavjud.
Avvalo o‘z qoshlaringiz tabiatan qanday qalinlikka ega bo‘lganini eslang. Tabiiy qoshlaringiz qanday ko‘rinishda bo‘lganini aniqlash uchun bolalikdagi fotosuratingizni toping. Bu yordamida siz qoshingizda qancha sochlaringiz borligini, ularning shaklini va sochlaringizni o‘stirish natijasida qanday qoshni olishingizni tushunishingiz mumkin.
Pinsetdan umuman foydalanmang! Agar siz qoshlaringizni o‘stirishni istasangiz, unda har qanday «ortiqcha» sochlarni olib tashlash mutlaqo mumkin emas! Sizga ortiqcha bo‘lib ko‘ringan sochlar o‘sib, bir shaklga kelishi mumkin.
Dorixonadan o‘sma yog‘i, chakamug‘ (repeyniy) yog‘i, kanakunjut yog‘i, zaytun yog‘laridan biri yoki bir nechtasi, nikotin kislotasi ampulalari va arzon tish cho‘tkasini sotib oling (Agar qosh uchun maxsus cho‘tkangiz bo‘lsa uni ham ishlatsa bo‘ladi). Ushbu yog‘larning barchasini ishlatishdan oldin, tirsagingizda allergiya tekshiruvini o‘tkazing.
Qosh o‘stirish muolajalari ketma-ketligi. Ertalab yuvinishdan va barcha parvarish manipulyasiyasidan so‘ng, qoshlarga yog‘ surtiladi. Yog‘ni surtgandan keyin biz 30-60 daqiqa kutiladi, so‘ngra yuvib tashlanadi yoki salfetka bilan ortiqcha yog‘ olib tashlanadi.
Kunduzi tish cho‘tkasini olib, aylana harakatlar bilan qoshni va uni atrofini massaj qilamiz – bu usul bilan soch follikulalariga qon oqimini oshiramiz va soch o‘sishini rag‘batlantiramiz. Eng asosiysi, cho‘tkaga bosim o‘tkazib yubormaslik kerak, aks holda siz nafaqat qoshlarsiz, balki terisiz ham qolishingiz mumkin – hamma muolajalar yumshoq va mayin bajarilishi kerak. Massajdan so‘ng qoshlarga nikotin kislotasi aylana harakatlar bilan surtiladi.
Kechqurun yuvinishdan va barcha go‘zallik jarayonidan so‘ng yana qoshlarga yog‘lardan birini surtamiz va aylana harakatlar bilan terini massaj qilamiz. Yog‘ni ortiqchasi 30-40 daqiqadan so‘ng paxta yoki salfetka bilan olib tashlanadi.
Ushbu muolajalarni har kuni 3 hafta davomida takrorlaymiz. Keyin 2 haftalik tanaffus qilamiz va agar kerak bo‘lsa, yana takrorlaymiz.
Haftada bir marta qoshlarni o‘stirish uchun, yumshoq skrablar yoki pilinglar yordamida tozalaymiz. Bu o‘lik teri hujayralarini olib tashlaydi va yog‘larning singishini yaxshilaydi.
Ushbu muolajalarning barchasi kuniga 10 daqiqadan kam vaqtingizni oladi va natija sizni juda quvontiradi.
Qoshlarni parvarish qilish uchun qanday yog‘larni ishlatsa bo‘ladi?
- Zaytun moyi – soch follikulalarini oziqlantirib, soch to‘kilishining oldini oladi;
- Shaftoli moyi – sochlarni mustahkamlash va yumshatish uchun;
- Kastor (kanakunjut) moyi – yumshoqlik va yorqinlik beradi, shu bilan birga, sochlar itoatkorroq bo‘ladi;
- Bodom, repey moyi – oziqlantiradi va silliqlaydi.
Dorixonada maxsus yog‘lar to‘plamlari tayyor holda ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ularning tarkibida gialuron kislotasi va vitaminlar mavjud bo‘ladi. Ularni ham cho‘tka bilan yog‘ kabi surtamiz.
Bundan tashqari, agar o‘zingizning kosmetologingiz bo‘lsa, qoshlar uchun turli xil kosmetik muolajalar ham mavjud. Ular: plazmateropiya, oqsillarni tiklash, mezoterapiya. Bundan tashqari, qoshlarni o‘stirish uchun professional vositalar ham bo‘ladi, ammo ularni mutaxassis bilan maslahatlashib, qaysi usul sizga ko‘proq to‘g‘ri kelishini aniqlagandan so‘ng qo‘llang.
Zuhra TOSHEVA tayyorladi