CYeMINAR -TRENING O‘TKAZILDI
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 39-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusidagi amaliy seminar-trening qiziqarli va mazmunga boy bo‘ldi.
Shayxontohur tumanidagi mavjud maktablarning barcha ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari hamda ma’naviyatchilari ishtirok etgan amaliy seminar-treningni o‘tkazishdan maqsad jamoalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni o‘rnatish, fikr almashinuvi, mavzu yuzasidan savol-javoblar qilish, bundan tashqari, ijodiy iqtidorga ega bo‘lgan o‘quvchilarni saralab olish, ularga ma’naviy, ruhiy tomondan motivatsiya berish, kitobga, ijodga nisbatan tafakkurlarini kengaytirish va qiziqishlarini oshirishda hamfikr bo‘lishdir.
Seminar-treningda maktablarda ijodiy qiziqishi bo‘lgan o‘quvchilar orasida ijodiy muhit yaratish, ijodiy madaniyatni shakllantirish masalalari olg‘a surildi. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda taklif, fikr-mulohaza va uslubiy yo‘nalishlarni e’tirof etuvchi fikrlarni yozib izohlab berishdi.
Psixolog savol-javoblar olib borgan bo‘lsa, mavzu yuzasidan fikr-mulohaza va qo‘shimcha takliflarni bildirgan yozuvchi, shoir va olimlar o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berdilar.
Tadbir nihoyasida ishtirokchilariga sertifikatlar, faoliyati a’lo deb topilgan targ‘ibotchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.
Madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga yanada mazmun bag‘ishladi.
Maryam AHMEDOVA,
10-sonli umumta’lim maktabi
Ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi