Tafakkur sandig`idan (2013-42)
Bilib-tushunib so'zlagan donolikdan dalolatdir, nodon-johilning so'zi o'z boshini yeydi.
* * *
Til qafasda yotuvchi arslon kabidir, qafasdag'i g'addor vahshiy boshingga yetishi hech gap emas.
* * *
Zakovatning va tilning ko'rki so'zdir, odam ko'rki – yuz, yuzning ko'rki esa ko'zdir.
Yusuf Xos Hojib
Bir deganni ikki demak xush emas,
So'z chu takror topdi, dilkash emas.
* * *
Befoyda so'zni ko'p aytma va foydali so'zni eshiturdin qaytma.
Alisher Navoiy
Suvni chim to'xtatar,
Yolg'onni – chin.
Tuyani buvrasi yaxshi,
So'zning tuvrasi yaxshi.
Til bilan tugulgan tugun
Tish bilan yechilmas.
To'qmoq jumboq aytishma,
Yolg'on gapga qotishma.
Xashakdan hasham bichma,
Yolg'ondan qasam ichma.
O'z so'zli yigit – kun yuzli yigit.
Egri o'tirsang ham, to'g'ri gapir.
O'zbek xalq maqollari